Yangi Yil bayrami

23 – dekabr kuni Puchon universitetidagi o’quv markazi koreys tili va menejment fakulteti talabalari bilan hamkorlikda universitetda Yangi Yil bayramini o’tkazishdi. Talabalar hamma xohlovchilar qatnashishi mumkin bo’lgan bayram tashkilotida tashabbus va g’ayrat ko’rsatdilar. Talabalar chiqishlar bilan boyitilgan yorqin dasturni tashkil etdilar, tanlov va viktorinalar, shuningdek, maxsus tayyorlangan sovg’alar o’ynalgan lotereya o’tkazdilar. Dasturning eng yorqin chiqishi o’quv markazi o’qituvchilari va hodimlarining flesh moblari bo’ldi. Hurmat bilan, Toshkent shahridagi Puchon universiteti