Talabalarimiz Taekvondo WT turnirida birinchi o'rinni egalladilar

Universitetimizning “Arxitektura” yo‘nalishi 2-bosqich “B” guruh talabasi Pak Roman hamda "Koreys tili va menejment" yo‘nalishi 2-bosqich “A” guruh talabasi Ozoda Erkaboyeva Taekvondo WT bo‘yicha ochiq turnirda 1-o‘rinni egalladilar.

Turnir Toshkent shahrining Yunusobod tumanida bo‘lib o‘tdi. 

G‘olib talabalarimiz Puchon universiteti qoshidagi taekvondo to‘garagida shug‘ullanadilar, murabbiy: Faxriddin Umarov.

Sizlarni tabriklaymiz va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!