“Toshkent shahridagi Puchon universiteti” va Koreya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi qoshidagi Ta’lim markazi (KRTM) o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi

Tomonlar quyidagi sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:

  1. Ta'lim sohasidagi hamkorlik;
  2. Koreya Respublikasi universitetlari va Toshkent shahridagi Puchon universiteti o‘rtasida hamkorlik;
  3. Koreys tilini o‘rganadigan umumta’lim maktablari uchun o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy adabiyotlar yaratish va texnik ta’minlash;
  4. Koreys tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va o‘tkazish;
  5. Koreys tili o‘qituvchilari va talabalarining malaka va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminarlar o‘tkazish, oromgohlar tashkil etish va ikki davlat talabalarini almashish.


Biz hamkorlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va uzoq muddatli samarali hamkorlik qilishdan umidvormiz!