«Mates school» NTM va Toshkentdagi Puchon universiteti oʻrtasida taʼlim va ishlab chiqarish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma tuzildi.

Unga ko‘ra, Toshkentdagi Puchon universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish sohasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Uchrashuvda yoshlarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Biz uzoq muddatli va samarali hamkorlik qilishga umid qilamiz!