2-sonli umumta’lim maktabi bilan ta’lim va ishlab chiqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma izmolandi

Toshkent shahridagi Puchon universiteti va 2-sonli umumta’lim maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolanib, unga ko‘ra quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • Universitet va uning qoshidagi til markazi haqida axborot beruvchi sessiyalarini tashkil etish;
  • Universitetning til markazi o‘qituvchilari ishtirokida maktab hududida o‘quvchilar va xodimlar uchun koreys tili kurslarini ochish;
  • Maktab va universitet hududida o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sport tadbirlarini o‘tkazish;
  • O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi olimlari, uslubchilari, o‘qituvchilari ishtirokida ta’lim sohasida qo‘shma seminarlar, ma’ruzalar, simpoziumlar, shuningdek, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish.


Hamkorlarimizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda uzoq muddat samarali hamkorlik qilishdan umidvormiz!