Volontyorlik faoliyati

Mehmonlarimiz Koreyaning Puchon universiteti talabalari va xodimlari bo‘lib, ular bilan Toshkent shahridagi Puchon universiteti talabalari va xodimlari bir qator maktabgacha ta’lim tashkilotlari va Oqqo‘rg‘on tumanidagi 78-sonli maktab-internatiga tashrif buyurishdi.

Koreyaning Puchon universiteti ko‘ngillilarini kutib olish marosimidan so‘ng biz "Dreamboat" va "Fortuna Education" maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘l oldik.



Dastur juda mazmunli o‘tdi! Bolajonlar volontyorlar bilan birga o'ynashdi, rasm chizishdi, bir nechta tillarda muloqot qilishdi, suratga tushishdi va vaqtni juda xursandchilik bilan o‘tkazishdi!


Ikkinchi kuni volontyorlar jamoasi Oqqo‘rg‘on tumanidagi 78-maktab-internatiga bordi. Tarbiyalanuvchilarning tongi kutilmagan sovg‘a bilan boshlandi: volontyorlar ular uchun turli xil yangi yil sovg'alarini tayyorlagandilar! Shuningdek, bolalarni boy dastur kutardi: harakatli o'yinlar, yangi yil uchun turli buyumlar tayyorlash, rasm chizish va maroqli suhbat qurish!


 Volontyorlar faoliyatining yakuniy kunida biz yana Oqqo'rg'on tumanidagi 78-sonli maktab-internatiga bordik.

Biz tarbiyalanuvchilar bilan birga yangi yil uchun turli buyumlar tayyorladik, harakatli o‘yinlar o‘ynadik, raqsga tushdik va tadbir so‘nggida davramizga Qorqiz va Qorbobo qo'shildi! Ular o'zlari bilan haqiqiy yangi yil kayfiyati va ko'plab sovg'alar olib kelishdi!





Universitetimizda volontyorlarning hafta davomidagi faoliyatiga bag‘ishlangan yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda biz o‘zaro taassurotlar almashinib, amalga oshirilgan ishlar natijalari muhokama qilindi.  Uchrashuv yakunida Koreyaning Bucheon universiteti volontyorlariga ushbu aksiyada ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar topshirildi.

Xayriya aksiyamizda ishtirok etgan barchaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!