Chilonzor tumani hokimi bilan uchrashuv

Puchon universitetida oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda Chilonzor tumani hokimi Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarimovich o‘rtasida ochiq muloqot tarzidagi norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Chilonzor tumanidagi oliy ta’lim muassasalari va hokimlik o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev ushbu maqsadni amalga oshirish uchun oliy o‘quv yurtlari rektorlariga birgalikdagi faoliyatning mumkin bo‘lgan shakllari bo‘yicha takliflar kiritish yuzasidan topshiriq berdi.