Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri v.b. Ulanbek Mambetakunov bilan uchrashuv

Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri v.b. Ulanbek Mambetakunov bilan uchrashuvda Koreya Respublikasining Puchon universiteti rektori janob Xan Jong Sok, Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori Nam Viktor Veniaminovich va birinchi prorektor Son Yu Jin xonim ishtirok etdi.



Uchrashuv davomida mehmon universitet faoliyati bilan tanishtirildi, tomonlar maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini muhokama qildilar, shuningdek, qo‘shma simpoziumlar, seminarlar va konferensiyalar o‘tkazishga kelishib oldilar.