"Think Equal" dasturi asoschisi va ijrochi raisi Lesli Udvin bilan uchrashuv

"Think Equal" – jahon ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan global tashabbus. Dastur yosh bolalar  (3 yoshdan 6 yoshgacha) uchun ijtimoiy va hissiy ta'limni o‘z ichiga oladi. Lesli Udvin Toshkentdagi Puchon universiteti rektori Nam Viktor Veniyaminovich va A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali rektori Sergey Valentinovich Tarasovga dastur taqdimotini o‘tkazdi.


Uchrashuvda Toshkentdagi Puchon universiteti rektori V.V.Nam O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislarini ushbu dastur bilan yaqindan tanishtirish bo‘yicha taklifni ilgari surdi.