«Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2022»‎

Toshkentdagi Puchon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi tashabbusi bilan "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2022" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.


Tanlov doirasida Respublikamizning barcha hududlaridan kelgan maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari quyidagi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar: •

  • “Eng yaxshi metodist tarbiyachi”.
  • “Eng yaxshi ijodkor tarbiyachi”.
  • “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo'llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”.
  • “Eng yaxshi loyiha muallifi”.
  • “Mohir qo'l ustasi”.


Joriy yilning 22-oktabr kuni, oliy ta’lim muassasalariga “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha grant asosida imtihonsiz kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan tanlov g‘oliblarini rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.