Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida oltin medal

Puchon universiteti talabasi Luiza Li taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tashkil etilgan Taekvondo VT olimpiya sport turi bo‘yicha yilning asosiy musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur chempionatda koreys tili va menejment yo‘nalishi 2-bosqich “A” guruh talabasi Luiza Li birinchi o‘rinni egalladi.

G'alaba bilan tabriklaymiz va yangi zafarlar tilaymiz!