Fan va innovatsiyalar markazi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari:
- Ilmiy-pedagogik xodimlarni ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga to‘liq jalb etgan holda, universitet ilm-fanini mustahkamlash va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy malakasi sifatini oshirishga ko‘maklashish.
- Turli ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalari bilan ishlashda, shaxsiy nashr strategiyasini yaratish va amalga oshirishdailmiy, uslubiy va konsultativ yordam ko‘rsatish.
- Maktabgacha ta'lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa vazirliklarning maqsadli ilmiy-texnikaviy va idoraviy dasturlari, turli ilmiy va ta’lim fondlari grantlari va boshqalarni amalga oshirishda universitet bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
- Maktabgacha ta’lim tizimiga ushbu tizim xodimlarining malakasini oshirishni prinsipial yangicha yondashuvlarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish kurslari faoliyatini muvofiqlashtirish.
- Universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy, ilmiy-tadqiqot va loyiha faoliyatini tashkiliy, uslubiy, konsultativ va axborot-tahliliy ta’minotini amalga oshirish.
- Ilmiy salohiyatni oshirish hamda ilmiy va loyiha faoliyatiga jalb etish maqsadida loyiha rahbarlari, kafedra mudirlari, o‘qituvchilar, xodimlar, doktorantlar, magistrantlar va talabalar bilan ilmiy tadbirlar, seminarlar, munozaralar, davra suhbatlari, mahorat darslari, individual uchrashuvlar o‘tkazish.
- Ilmiy va o‘quv jarayonlari o'rtasidagi aloqani ta'minlash, o'quv jarayonida ilmiy va xalqaro faoliyat natijalaridan foydalanish, talabalar ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish.
- Har yili respublika, mintaqaviy va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiya va forumlar tashkil etish hamda o‘tkazish.
- Tabiiy, texnika va gumanitar fanlarning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirishga ko‘maklashish.
- Ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, ularning mavzular majmuini kengaytirish va universitetdagi mavjud ilmiy maktablarni qo‘llab-quvvatlash.
- Universitet olimlari va mutaxassislari, boshqa universitetlar, institutlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining fan va texnika yutuqlarini targ‘ib qilish.
Direktor
Irina Vitalievna Panferova
Maslahatchi