Toshkent shahridagi Puchon Universitetining “Menejment” kafedrasiga xush kelibsiz! Bu yerda siz nafaqat koreys tilini va madaniyatini o‘rganasiz, balki zamonaviy boshqaruv va xalqaro biznesga oid ilg‘or yondashuvlarni ham egallaysiz. Bizning dasturlarimiz sizni xalqaro muhitda ishlashga tayyorlashga hamda xorijiy hamkorlar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilishga yo‘naltirilgan. Siz bu yo‘nalishda olgan bilim va ko‘nikmalaringiz orqali karyerangizda yangi cho‘qqilarni zabt etishingizga ishonamiz.