Kafedramizga xush kelibsiz! Bu yerda sizning professional va shaxsiy o‘sishingiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Biz sizga videoproduksiya, animatsiya, o‘yin va grafik dizayn bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni berishga intilamiz. Maqsadimiz — xalqaro miqyosda raqobatbardosh, kreativ kasb egalari avlodini tarbiyalash.