Qabul komissiyasining ishidagi o'zgarishlar

16-martdan boshlab kamida 2 hafta davomida (28-martgacha) O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 aniqlanagani munosabati bilan universitetda karantin e’lon qilinadi. Universitetga kirish barcha talabalar, o‘qituvchilar, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yopiq bo‘lganligi sababli qabul komissiyasining ish tartibi va muddatiga oid quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:
  • 2020-2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning 1-qabuliga hujjatlarni qabul qilish 1-mayga (juma) qadar uzaytiriladi
  • Qabul uchun hujjatlar faqat onlayn tarzda universitet veb-saytidagi onlayn anketani to‘ldirib, barcha zarur hujjatlarni anketaga skanerlangan shaklda ilova qilish orqali qabul qilinadi
  • Konsultatsiya faqat 781504002 telefon raqami orqali dushanbadan jumagacha 9:00 dan 17:00gacha amalga oshiriladi
  • Kirish imtihonlari (test va suhbat) may oyining ikkinchi yarmiga qoldiriladi. Aniq sanalar Davlat Test Markazi bilan kelishilgandan keyin e’lon qilinadi
  • Imtihon sanalari universitetning barcha rasmiy sahifalarida (veb-sayt, telegram kanali, Facebookdagi sahifa) va sms xabar orqali oldindan e’lon qilinadi