2021-2022 o’quv yili uchun 3-qabul kirish imtihonlari

Hurmatli abituriyentlar,
Toshkent shahridagi Bucheon Universiteti rahbariyatining qaroriga binoan, 2021-2022 o‘quv yili abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tafsilotlari tasdiqlandi. Imtihonning birinchi bosqichi - test sinovlari haqida to‘liq ma’lumot quyida keltirilgan. Sizdan barcha tafsilotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz.


Test sinovlari va suhbat imtihoni o’tkazilish sanasi - 26-avgust (payshanba) 2021-y.
O’tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Bucheon Universiteti (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi Pedagogik kollej binosi)
Manzil: 2-chi Qatortol tor ko'chasi, Chilonzor-17 mavzesi, 38A
Mo’ljal: Shahar bojxonasi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Eng yaqin metro bekati: Chilonzor bekati
O’zingiz bilan faqat pasport asl nusxasi va tibbiy niqob olib keling.

1-BOSQICH - Test sinovlari:

Boshlanish vaqti: 10:00
Universitetga kelish vaqti: boshlanishdan 45 daqiqa oldin
  • Davomiyligi: 70 daqiqa
  • Savollar soni: 60 ta
  • Test sinovlari uchun maksimal ball: 60 ball
  • Test sinovlari fani: “Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” fakultetlari abituriyentlari uchun ingliz tili, “Koreys tili va menejment” fakulteti abituriyentlari uchun koreys tili. Test sinovlari leksika, grammatika va o’qish bo’yicha bo’ladi.
  • Test sinovlari shakli: kompyuter test sinovlari. Dastur algoritmi savollar bankidan tasodifiy vazifalarni tanlab oladi va har bir abituriyentga alohida vazifalar variantini shakllantiradi.
  • Agar abituriyent test sinovlari boshlanishiga kechiksa, sistema avtomatik ravishda kech berilgan vaqtni dastlab berilgan 70 minutdan chiqarib tashlaydi. Masalan, abituriyentning test sinovlari boshlanishi soat 10:00 ga belgilangan. Abituriyent kechikib soat 10:20 dan test sinovini boshlasa, unga 70 minut emas, 50 minut vaqt beriladi.
  • Imtihon natijalari: test sinovlari tugagandan so‘ng abituriyentning natijasi ekranda paydo bo‘ladi: to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni.

2-BOSQICH - Suhbat:


Boshlanish vaqti: 11:30

  • Format: oflayn
  • Suhbat mohiyati: suhbat umumiy psixologik xarakterga ega bo‘lib, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus fanlarga oid savollar bo‘lmaydi.
  • Javob uchun ajratilgan vaqt: suhbat vaqti qat’iy cheklangan. Javob berish uchun har bir abituriyentga ikki daqiqagacha vaqt beriladi. Agar abituriyent javobi belgilangan vaqtdan oshib ketsa, professorlar uning javobini to‘xtatishi mumkin.
  • Suhbat tili: abituriyent o‘zi uchun qulay bo‘lgan tilda javob berishi mumkin. Suhbatda universitet tarjimonlari ishtirok etishadi, zarur bo‘lsa, tarjima qilishda yordam berishadi. Javob tili bahoga ta’sir qilmaydi
  • Tashqi ko‘rinish: qat’iy belgilangan forma yo‘q. Biroq, rasmiy uslubda bo‘lgani maqul.
  • Suhbat imtihoniga test sinovlarida qatnashgan yoki sertifikat topshirgan abituriyentlar kiritiladilar

Imtihon qonun-qoidalari:

  • Universitet hududida va shu jumladan, suhbat vaqtida tibbiy niqobni yechish yoki tushirish qat’iyan man qilinadi. Universitet xodimlari abituriyentning shaxsini tasdiqlash uchun tibbiy niqobni yechishni so‘rashlari mumkinligi bundan istisno;
  • Abituriyentlarga bir martalik qo‘lqoplar tarqatiladi. Universitet hududida bo‘lganda yechish qat’iyan man etiladi;
  • Test sinovlaridan oldin, sinov paytida va undan keyin ijtimoiy masofani saqlash;

Qo’shimcha ma’lumot olish uchun +998781504002 yoki +98951963601 raqamlariga qo’ng’iroq qiling.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Bucheon Universiteti ma’muriyati.