2021-2022 o'quv yili uchun talabalarning birinchi qabul qilinishi

Universitetning ichki qoidasiga muvofiq, Koreya Respublikasining fuqarosi bo‘lgan abiturientlardan hujjatlar qabul qilinmaydi (shuningdek, ushbu qoida, ota-onasi Koreya Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan abituriyentlarga ham tegishli)

Yo‘nalishlar va kvotalar (guruhlar bo‘yicha)

Maktabgacha ta’lim (kunduzgi bo‘lim)
120 ta (o‘zbek guruhlar uchun: 75 ta, rus guruhlar uchun: 45 ta)
Maktabgacha ta’lim (kechki bo‘lim)
75 ta (o‘zbek guruhlar uchun: 60 ta, rus guruhlar uchun: 15 ta)
Arxitektura
60 ta (o‘zbek guruhlar uchun: 30 ta, rus guruhlar uchun: 30 ta)
Koreys tili va menejment
60 ta (o‘zbek guruhlar uchun: 30 ta, rus guruhlar uchun: 30 ta)

Kerakli hujjatlar (Quyidagi barcha hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina hujjatlar qabul qilinadi)

  1. Onlayn ariza;
  2. Pasport nusxasi;
  3. Attestat yoki diplom nusxasi (yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma);
  4. 3x4 shakldagi rasm - 1 dona;
  5. Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov - 250 000 so‘m (ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini 3 usuldan biri bilan amalga oshirish mumkin: naqd/karta (universitetda), universitet rekvizitlari bo‘yicha to‘lov, shuningdek, PayMe orqali pul o‘tkazish).

Hujjatlarni taqdim etish (Hujjatlarni topshirishning 2 usuli mavjud)

Oflayn tarzda hujjat topshirish

Hujjarlarni qabul qilish muddati
9-mart – 2-aprel, 2021, Dushanba – juma, 10:00 – 17:00
Dam olish kunlari
Shanba, yakshanba va bayram kunlari
Hujjatlarni topshirish tartibi
  • to‘liq hujjatlar to‘plamini tayyorlash;
  • universitetga kelish;
  • konsultatsiya olish;
  • onlayn arizani to‘ldirish va hujjatlarni taqdim etish;
  • ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovni amalga oshirish;
  • ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi tasdiqnomani olish.
Qabul komissiyasi joylashgan manzil
Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol -2 ko‘chasi,38A uy (sobiq Yunus Rajabiy nomli pedagogika kolleji). Mo‘ljal: shahar bojxonasi, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

Onlayn tarzda hujjat topshirish

Hujjatlarni qabul qilish muddati
9-mart – 2-aprel, 2021
Dam olish kunlari
24 soat davomida hujjatlarni topshirish mumkin. Onlayn arizalarni ko‘rib chiqib tahrir qilish dushanda– juma, 10:00 – 17:00
Hujjatlarni topshirish tartibi
  • universitet veb-saytida keltirilgan qabul to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
  • anketani to‘ldirib rasm va kerakli hujjatlarni biriktirish;
  • akkauntni faollashtirish uchun tasdiqlash kodini kiritish;
  • ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lovni keltirilgan 3 ta usuldan birida to‘lash;
  • to‘lov qabul qilganligi tasdiqlangandan so‘ng universitet xodimlari abituriyentning onlayn arizasini rasmiylashtiradilar;
  • ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi sms-xabarni olgandan so‘ng shaxsiy kabinetga kirib ma’lumotlarni tekshirish.
Konsultatsiya ish vaqti
Dushanba – juma, 10:00 – 17:00. Telefon raqami: +998 78 150 40 02 / +998 95 196 36 01

Kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va tafsilotlari

1. Test sinovi

Manzil
Davlat Test Markazi. Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 12
Sana
12–14-aprel, 2021.
* Test sinovi sanalari o‘zgarishi mumkin. O‘zgarishlar bo‘lsa, abituriyentlarga oldindan xabar beriladi.
Tafsilotlar
«Maktabgacha ta’lim», «Arxitektura» yo‘nalishlarida: Ingliz tili
«Koreys tili va menejment» yo‘nalishida: Koreys tili
Savollar soni: 60 ta
Izoh
Test sinovlaridan ozod bo‘lish shartlari:
«Maktabgacha ta’lim», «Arxitektura» yo‘nalishlarida IELTS 5.5 va yuqori, CEFR B1 va yuqori sertifikatga ega bo‘lsa
«Koreys tili va menejment» yo‘nalishida: TOPIK 3 va yuqori sertifikatga ega bo‘lsa

2. Suhbat imtihoni

Manzil
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.
Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2, 38A
Sana
23 – 24-aprel, 2021.
* Suhbat imtihoni sanalari o‘zgarishi mumkin. O‘zgarishlar bo‘lsa, abituriyentlarga oldindan xabar beriladi.
Tafsilotlar
Universitet o‘qituvchilari bilan psixologik suhbat

3. Imtihon natijalarini e’lon qilish

Manzil
Natijalar abituriyentning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi
Sana
30-aprel, 2021
Tafsilotlar
Yakuniy bahoni hisoblash: 120 (maksimal ball) = test sinovi uchun 60 ball (50%) + suhbat imtihoni uchun 60 ball (50%)
Agar abituriyentlar bir xil ball to‘plasa, birinchi navbatda quyidagi abituriyentlarga ustunlik beriladi:
  • suhbat imtihonida nisbatan yuqori ball olganlar;
  • test sinovini nisbatan tez yakunlaganlar;
  • hujjatini nisbatan erta topshirganlar.

4. Universitet bilan shartnoma tuzish

Manzil
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.
Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2, 38A
Sana
3 – 14-may, 2021
Tafsilotlar
Universitetga qabul qilingan talabalarga universitet bilan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun tegishli shartnoma tuzish uchun ikki hafta muddat beriladi.

Abituriyent tomonidan ushbu majburiyat bajarilmagan taqdirda, universitet abituriyentni o‘qishga kirganlar ro‘yxatidan chiqarish huquqini o‘zida saqlab qoladi va kutish ro‘yxatiga muvofiq navbatdagi abituriyent bilan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish huquqiga ega.

5. Kutish ro‘yxatidan talabalarni chaqirish

Manzil
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti.
Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 17-daha, Qatortol-2, 38A
Sana
17–28-may, 2021
Tafsilotlar
Kutish ro‘yxatidan talabalarni chaqirish kvota to‘lgunga qadar davom etadi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi (Kunduzgi bo‘lim) (3+1)

BUT da o‘qish uchun shartnoma miqdori – yiliga/2,200$ (qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha), Koreyada o‘qish- Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti tarifiga muvofiq (BUT talabalari uchun -30%)

BUT da 3 yil: BUT bakalavr diplomi + Associate Bachelor Degree diplomi Puchon universiteti (Koreya Respublikasi)
Puchon universitetida 1 yil (Koreya Respublikasi): Puchon universiteti bakalavr diplomi (Koreya Respublikasi)
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi (Kechki bo‘lim) (3+1)

BUT da o‘qish uchun shartnoma miqdori – yiliga/2,200$ (qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha), Koreyada o‘qish- Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti tarifiga muvofiq (BUT talabalari uchun -30%)

BUT da 3 yil: BUT bakalavr diplomi + Associate Bachelor Degree diplomi Puchon universiteti (Koreya Respublikasi)
Puchon universitetida 1 yil (Koreya Respublikasi): Puchon universiteti bakalavr diplomi (Koreya Respublikasi)
Koreys tili va Menejment (2+2)

BUT da o‘qish uchun shartnoma miqdori- yiliga/3,300$ (qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha), Koreyada o‘qish – Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti tarifiga muvofiq (BUT talabalari uchun -30%).

BUT da 2 yil: Associate Bachelor Degree BUT diplomi + Associate Bachelor Degree Puchon universiteti diplomi (Koreya Respublikasi)
Puchon universitetida 2 yil (Koreya Respublikasi): Puchon universiteti bakalavr diplomi (Koreya Respublikasi)
BUT da 2 yil: BUT bakalavr diplomi
Arxitektura (3+1)

BUT da o‘qish uchun shartnoma miqdori- yiliga/3,300$ (qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kundagi O‘zR MB kursi bo‘yicha), Koreyada o‘qish – Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti tarifiga muvofiq (BUT talabalari uchun -30%)

BUT da 3 yil: Associate Bachelor Degree BUT diplomi + Associate Bachelor Degree diplomi Puchon universiteti(Koreya Respublikasi)
Puchon(Koreya Respublikasi) universitetida 1 yil: Puchon universitreti (Koreya Respublikasi)
bakalavr diplomi BUT da 1 yil: BUT bakalavr diplomi