Birinchi kurs talabalari uchun ma’lumot

Hurmatli birinchi kurs talabalari,
O’quv yili boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Quyida universitetimizda o’quv yilini boshlash uchun kerak bo’lgan asosiy ma’lumotlar keltirilgan.

O’quv yilining boshlanishi

O’quv yilining boshlanish sanasi: 5-oktabr 2020-yil.
O’qitish shakli: qo’shma mashg’ulotlar (oylayn va masofaviy) Microsoft Teams ilovasi orqali. Muayyan o’qitish usulini tanlash o’qituvchilarga bog’liq.

  • Microsoft Teams ga kirish uchun Login: abituriyentning ro’yxatga olinganlik raqami@but.uz (masalan, 2020123456@but.uz);
  • Parol: but2020* (parol hamma uchun bir xil).

Dars jadvali: 4-oktabrgacha Microsoft Teams ilovasidagi “Kalendar” yorlig’ida mavjud bo’ladi. *Jadvalga o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Odatda, birinchi o’quv haftasi moslashish, tanishish maqsadida kirish darslari o’tkaziladi.

Tanishuv

Fakultetlar bo’ylab tanishuv suhbatlari o’tkaziladi. Suhbat davomida o’quv jarayoni tafsilotlari, universitet qoidalari, shuningdek asosiy professorlar bilan tanishasiz. Barcha talabalar ishtirok etishlarini iltimos qilamiz!

O’tkazish shakli: onlayn, Microsoft Teams orqali.
Tanishuv suhbatlari o’tkazilish sanalari:

  • “Аrxitektura” fakultetida: 5-oktabr, 14:00;
  • “Коreys tili va menejment” fakultetida: 5-oktabr, 15:00;
  • “Maktabgacha ta’lim” (kunduzgi bo’lim) fakultetida: rus guruhlar uchun - 9-oktabr, 12:00 / o’zbek guruhlar uchun - 9-oktabr, 13:00;
  • “Maktabgacha ta’lim” (kechki bo’lim) fakultetida: rus guruhlar uchun - 9-oktabr, 14:00 / o’zbek guruhlar uchun 9-oktabr, 15:00.

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma’muriyati.