Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi: test sinovlari haqida ma'lumot

Hurmatli abituriyentlar,
Toshkent shahridagi Puchon Universiteti rahbariyatining qaroriga binoan, 2020-2021 o‘quv yili abituriyentlar uchun kirish imtihonlari tafsilotlari tasdiqlandi. Imtihonning birinchi bosqichi - test sinovlari haqida to‘liq ma’lumot quyida keltirilgan. Sizdan barcha tafsilotlarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni so‘raymiz.


TEST SINOVLARI


1.Test sinovlari haqida:

● Test savollari soni: 60 ta ( grammatika, lug‘at va o‘qish bo‘yicha)

● Test sinovlari uchun maksimal ball: 60 ball

● Test sinovi shakli: onlayn. Dastur algoritmi savollar bankidan tasodifiy vazifalarni tanlab oladi va har bir abituriyentga alohida vazifalar variantini shakllantiradi.

● Test sinovlari kunlari:

«Maktabgacha ta'lim» (kunduzgi bo‘lim) fakultetida - 27-avgust,

«Maktabgacha ta'lim» (kechki bo‘lim) va «Arxitektura» fakultetlarida - 28-avgust,

«Koreys tili va menejment » fakultetida - 29-avgust

● Imtihon topshiriladigan fan:

- Ingliz tili: «Maktabgacha ta'lim» va «Arxitektura» fakultetlari uchun

- Koreys tili: «Koreys tili va menejment » fakulteti uchun

● Test sinovlarining murakkablik darajasi: ingliz tilidan IELTS 5.5 gacha; koreys tilida TOPIK 3 gacha

● Onlayn test uchun ajratilgan vaqt: 70 minut

● Test sinovi yakunida bizning sestemamiz quyidagi natijalarni ko‘rsatadi: to‘g’ri va noto‘g‘ri javoblar sonini

** Til sertifikatlari nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar testdan ozod etiladi.

2. Tadbirning formati va texnik tafsilotlari

● Test onlayn tarzda abituriyentning shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Shaxsiy kabinetga kirish uchun https://but.uz/uz/login ssilkasiga o‘ting hamda login va parolingizni kiriting. Login va parol ro‘yxatga olish kvitansiyasining pastki qismida ko‘rsatilgan. (ro‘yxatga olish kvitansiyasi quyida keltirilgan). Keyingi haftadan boshlab test sinovlarining boshlanish vaqti har bir abituriyentning shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi.


Shaxsiy kabinetingizga oldindan kirib tekshirib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Muammolar yuzaga kelgan taqdirda, universitet bilan quyidagi raqamlar orqali bog’laning: 781504002(213), 951963601 ( test sinovlari boshlanishidan oldin).

● Abituriyentga testdan o‘tish uchun quyidagilar kerak: barqaror internet,1 ta telefon (video-aloqa uchun) va test sinovlari uchun 1 ta telefon yoki kompyuter (maqul), tinch xona, pasport.

● Abituriyentlar ma'lum vaqt bilan guruhlarga bo‘linadilar. Test sinovlari vaqti to‘g‘risida har bir abituriyentga alohida sms-xabar yuboriladi. Sms-xabarlar ro‘yxatdan o‘tish paytida abituriyent tomonidan ko‘rsatilgan telefon raqamiga yuboriladi.

● Universitet kuzatuvchilari Microsoft Teams ilovasi orqali test sinovlariga qioya qilinishini nazorat qiladilar.

● Abituriyent profiliga kirish uchun Microsoft Teams ilovasini yuklab olib, login va parolni kiritishi kerak. Login: abituriyentning ro‘yxatdan o‘tish raqami@but.uz (10 xonali raqam abituriyent rasmi ostidagi ro‘yxatga olish kvitansiyasida ko‘rsatilgan). Masalan, login 2020123456@but.uz. Parol: hamma uchun bir xil but2020*

● Test sinovlari topshirish bo‘yicha rus va o‘zbek tillarida batafsil ko‘rsatmalar shu yerda. Ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqishingizni, yuqorida ko‘rsatilgan ilovani yuklab olib shaxsiy profilingizga kirishni tekshirib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. Muammolar yuzaga kelgan taqdirda, universitet bilan quyidagi raqamlar orqali bo‘g‘laning: 781504002(213), 951963601 (test sinovlari boshlanishidan oldin).

● Agar abituriyent test sinovlari boshlanishiga kechiksa, sistema avtomatik ravishda kech berilgan vaqtni dastlab berilgan 70 minutdan chiqarib tashlaydi. Masalan, abituriyentning test sinovlari boshlanishi soat 10:00 ga belgilangan. Abituriyent kechikib soat 10:20 dan test sinovini boshlasa, unga 70 minut emas, 50 minut vaqt beriladi.

Agar abituriyent test sinovlari paytida texnik nosozliklarga duch kelib, natijada imtihonni davom ettira olmasa, shu zahoti universitet ma’muriyati bilan quyidagi raqamlar orqali bog‘lanishi shart: 781504002 (213), 951963601. Abituriyentning ma’lumotlari sistema orqali tekshirilgandan so‘ng, qayta imtihon topshirish kuni belgilanadi. Qayta topshirish faqat bir marta amalga oshiriladi. Abituriyent qayta test topshiradi, test topshiriqlari yangilariga almashtiriladi.

** Test sinovlarini boshlamagan va imtihon vaqtini to‘liq o‘tkazib yuborgan abituriyentlarga qayta topshirish uchun ruxsat berilmaydi.

3. Test sinovlari jarayonining umumiy ko‘rinishi:

● Belgilangan test sinovlari vaqtidan yarim soat oldin universitet kuzatuvchilari Microsoft Teams orqali abituriyentning hujjatlarini individual tekshirishini boshlaydilar va imtihon qoidalari bilan tanishtiradilar.

● Test sinovlari qat’iy belgilangan vaqtda boshlanadi. Test sinovlari uchun 70 minut ajratilgan.

● Ekranda test sinovlari davomida qolgan vaqt taymer bilan ko‘rsatiladi.

● Test sinovlari paytida abituriyent o‘z javoblarini tahrir qilishi (o‘zgartirishi) mumkin.

● 70 minutdan so‘ng barcha javobsiz qolgan savollar noto‘g‘ri deb hisoblanadi.

● Test sinovlari tugagandan so‘ng abituriyentning natijasi ekranda paydo bo‘ladi: to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni. Abituriyentning natijalari sistemaga avtomatik ravishda kiritiladi va shu bilan test sinovlari bosqichi tugaydi.

● Test sinovlarini erta tugatgan abituriyent Microsoft Teamsdagi “qo‘lni ko‘tarish” funksiyasi yordamida kuzatuvchiga xabar beradi. Kuzatuvchi abituriyentni belgilaydi va video-konferensiyani tark etishiga ruxsat beradi.