Information on the registration of contracts

2019-2020 o'quv yilida birinchi qabul kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar diqqatiga.


Eslatib o'tamiz, 7 dan 17 maygacha ta'lim xizmatlari ko'rsatish bo'yicha shartnoma tuziladi. Belgilangan vaqt ichida universitet bilan shartnoma tuzmagan barcha talabalar avtomatik ravishda chiqarib yuboriladi va kutish ro'yxatidagi talabalar chaqiriladi.

- Ta'lim olish uchun oldindan to’lanadigan to'lov sifatida xizmat qiladigan kafolat to'lovi ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 (ikki) hafta mobaynida to'lanishi kerak.

- Kafolat to'lovi universitetda plastik kartochka orqali yoki bankdan pul o'tkazish yo'li bilan to'lanadi. 
- 18 yoshga to`lmagan talabalar  ota- onalaridan biri bilan birga kelishi zarur.

Shartnoma tuzishning ikki yo'li:
1. Offlayn: talaba yoki uning ota-onasi talabaning passport asl nusxasi, shuningdek uning ro'yxatdan o'tganlik haqidagi kvitansiya bilan kelishi mumkin. Agar shartnoma to'lovchi ota yoki ona bo'lsa, ota-ona pasportining asl nusxasi, shuningdek STIR (INN) ni ham olib kelishlari shart.
Shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va adabiyoti davlat universitetida o'tkaziladi (sobiq Nizomiy pedagogika universiteti), 307-xona.
Manzil: Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, st. Yusuf Xos Xojib, 103A.
Mo’ljal: Maktabgacha ta'lim vazirligi, Bek Hotel, Jumanji restorani.
Shartnomalarni rasmiylashtirish muddati: 7 - 17 may / dushanba - juma / 10:00 dan 17:00 gacha (soat 12:00 - 13:00 tushlik vaqti). 

2. Onlayn: ariza topshiruvchi  ro’yxatdan o’tganlik haqidagi kvitansiyasini skaner qilingan nusxasini Universitetning telegram raqamiga yuboradi. Agar shartnomani to'lovchi ota yoki ona bo'lsa, u holda ham ota-ona pasporti va STIR (INN)ning skaner qilingan nusxasini yuborishingiz kerak. Kerakli barcha hujjatlar mavjud bo’lsagina, universitet xodimlari shartnomani tuzadi va kontraktning skaner qilingan nusxasini abituriyentga yuboradi. Ariza topshiruvchi o'z yashash joyidagi har qanday bankda kafolatli to'lovni amalga oshirishi mumkin.
*** Talaba va uning ota-onasi Toshkentga kelgan vaqtida ta'lim xizmatlarini taqdim etish bo'yicha dastlabki shartnomaning asl nusxasini imzolashi shart, shuningdek, uni olib ketish huquqiga ega.
Ushbu xizmat Toshkent shahridan tashqarida istiqomat qiluvchi abituriyentlarga mo'ljallangan.
Onlayn anketalar uchun ochilgan soatlar: 7 - 17 may / Dushanba - Juma / 10:00 dan 17:00 gacha
Universitetning telegram raqami +99895 1963601