Suhbat o’tkazilish sanasi

Hurmatli abiturientlar,
Suhbat o’tkazilish sanasi: 24 iyul (chorshanba).
Suhbat jadvali keyingi xaftada e'lon qilinadi. 
Suhbat o’tkazilish joyi: Toshkent shahridagi Puchon Universiteti (eski Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji)
Bog’lanish: Toshkent, Chilonzor tumani, Qatortol 2-ko’chasi, 38A.
Mo’ljal: “Mevazor” mahallasi, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti.


Suhbat haqida:
·        Suhbat umumiy psixologik xususiyatga ega bo'ladi. Siz tanlagan sohangizga aloqador savollar bo’lmaydi.
·     Suhbat vaqti chegaralangan. Har bir student javobi uchun 1 daqiqa taqdim etiladi. Agar berilgan daqiqadan ortiq javob berilsa professor uning javobini qabul qilmasligi mumkin.
·        Abiturient xoxlagan tilida javobini berishi mumkin. Suhbatda universitet tarjimonlar bo’ladi.
·   O’zingiz bilan passport hamda ro’yxatdan o’tgan qog’ozingizni olib kelishingiz zarur (test kuni ro’yxatdan o’tgan qog’ozini qoldirib ketgan abituriyentlar suhbat kuniga qadar universitet xodimlariga murojaat qilishlari lozim).
·        Forma yo'q, ammo abiturientning ko'rinishi tartibli bo'lishi kerak (sohil uchun mo’jallangan kiyimlar va poyafzallarga ruxsat berilmaydi).
·        Barcha aloqa vositalari yoki boshqa tele va radioaloqa qurilmalari qat'iyan taqiqlanadi.

 

Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Puchon universiteti ma’muriyati.