Xorijiy stajirovka va stipendiyalar ro'yxati

Hurmatli talabalar,

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 2020-yil 23-yanvardagi № 87-04-299 sonli xatida siz ariza topshirishingiz mumkin bo’lgan, turli xil chet eldagi stajirovka va stipendiya dasturlari ro’yxatini taqdim etdi. Pastda o’rinliroq dasturlar nomi, asosiy tavsifi va shartlari bilan batafsilroq tanishishingiz mumkin bo’lgan dastur ssilkasi ro’yxati taqdim etilgan:

1. Xorijiy talabalar uchun Turkiya davlat stipendiyasi Stipendiya Turkiya OTM larida tahsil oluvchi talabalarga taqdim etiladi. Ushbu dasturda barcha akkreditatsiyadan o’tgan Turkiya OTM lari ishtirok etadilar.

Topshirish muddati: 24-fevral, 2020-y.

Dastur ssilkasi: https://turkiyeburslari.gov.tr/en

Stipendiya uchun arizalar onlayn qabul qilinadi.

2. Jurnalistlar uchun stajirovka

Reuters Institute Thomson Reuters Foundation ga jurnalistlar stajirovkasi qabuli boshlanganligini e’lon qildi.

Davomiyligi: 3 yoki 6 hafta

Dastur ssilkasi: https://reutersinstitute.politics.ox.ac.uk/our-journalist-fellowship-programme

3. Holland Scholarship granti

Dastur Gollandiyada bakalavr yoki magistr darajasini olishni xohlagan xorijiy talabalar uchun mo’ljallangan. Dastur tashkilotchilari – bir nechta tadqiqot universitetlari bilan hamkorlikda Gollandiya ta’lim, madaniyat va fanlar vazirligi.

Topshirish muddati: 1-fevral, 1-may 2020-y.

Dastur ssilkasi:

https://www.studyinholland.nl/finances/scholarships/highlighted-scholarships/holland-scholarship

4. Jahon banki va Financial Times dan insholar tanlovi

Insho pastda berilgan ikkita savoldan bittasiga javobni o’z ichiga olishi kerak:

-Agar siz o’z davlatingizda ta’lim vaziri bo’lganingizda, har bir 10 yashar bola o’qishni bilishi uchun nima qilardingiz?

-Bolalar o’qishni o’rganishiga yordam berish uchun o’qituvchilar va maktablar nima qila olishadi?

Topshirish muddati: 11-fevral, 2020-y.

Ssilka: https://wb.forms.fm/blog-writing-contest-spring-2020/forms/7513