Karantin haqida e'lon

16-martdan boshlab kamida 2 hafta davomida (28-martgacha) O‘zbekiston Respublikasida COVID-19 aniqlanagani munosabati bilan universitetda karantin amalga oshiriladi : barcha darslar, tadbirlar, to‘garaklar faoliyati, shuningdek universitet qoshidagi Til markazi faoliyati ham to‘xtatiladi. Universitetga ajratilgan yotoqxona ham yopiladi. Yotoqxona va universitetda to‘liq dezinfeksiya o‘tkaziladi. Bundan so‘ng o‘quv xonalari va yotoqxona muhrlanadi.

Universitet rektorining buyrug‘iga binoan karantin davrida quyidagi tartib o‘rnatiladi:

  • Universitet hududi va yotoqxonaga kirish barcha talabalar, o‘qituvchilar, abituriyentlar va ularning ota-onalari va boshqalar uchun yopiq
  • Barcha ma’lumotnomalar, kvitansiyalar va boshqa hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi va yuboriladi
  • Universitet talabalari ishtirokidagi barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinadi
  • Barcha talabalarga uyda qolish va gavjum joylarga bormaslik tavsiya etiladi
  • Viloyatdan kelgan barcha talabalar uyga qaytishi tavsiya etiladi. O‘z navbatida, hukumat mamlakat ichidagi reyslar, temir yo‘l, avtotransportni kopaytiradi.