Test natijalari

Hurmatli abituriyentlar,


Universitetimizga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi natijalarini taqdim etishdan mamnunmiz.

O’z natijalaringizni ko’rish uchun cabinet.dtm.uz saytiga kiring hamda o’z passport nomeringiz va sayt ostida chiqadigan kodni kiriting.

Suhbatga test topshirgan barcha abituriyentlar va shuningdek, til sertifikati(IELTS/TOPIK/CEFR)ga ega bo’lganlar kiritiladi.

Suhbat o’tkazilish sanasi: 26-aprel. Suhbatning batafsil jadvali dushanba(22-aprel) kuni davomida e’lon qilinadi.

  • O’zingiz bilan passport hamda ro’yxatdan o’tgan qog’ozingizni olib kelishingiz zarur (test kuni ro’yxatdan o’tgan qog’ozini qoldirib ketgan abituriyentlar suhbat kuniga qadar universitet xodimlariga murojaat qilishlari lozim)
  • Forma yo'q, ammo abiturientning ko'rinishi tartibli bo'lishi kerak (sohil uchun mo’jallangan kiyimlar va poyafzallarga ruxsat berilmaydi).
  • Barcha aloqa vositalari yoki boshqa tele va  radioaloqa qurilmalari qat'iyan taqiqlanadi.
  • Zarur bo'lganda, hozirgi o'qish joyingizga taqdim etish uchun universitet xodimlari sinovni tasdiqlovchi sertifikat berishi mumkin (testdan so'ng universitet xodimlari bilan bog'lanishlari mumkin)

    Hurmat bilan, 
    Toshkent shahridagi Puchon Universiteti ma'muriyati.