Markaziy Osiyodagi koreys diasporasi: tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayoti
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida “Markaziy Osiyodagi koreys diasporasi: tarixi, madaniyati va ijtimoiy hayoti” mavzusida 1-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahridagi Puchon universiteti tomonidan koreysshunoslik bo’yicha tashkil etilgan ushbu anjumanda mazkur universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari, koreyalik olimlar, tarixchilar, ommaviy axborot vositalari, madaniyat markazlari vakillari, shuningdek, koreys xalqining tarixini o‘rganishga ixtisoslashgan xorijlik olimlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan koreys xalqining Uzoq Sharqqa, so‘ngra Markaziy Osiyo mintaqalariga, O‘zbekistonga ko‘chishining turli davrlariga oid; sobiq SSSRning milliy ozchiliklarga nisbatan siyosati va ularni jamiyatga singdirish toʻgʻrisida; arxivlar bilan, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardagi shu va shunga tegishli masalalar bo'yicha ishlash haqidagi mavzularda ma’ruzalar va taqdimotlar tayyorlandi. Ishtirokchilarga mustaqillik yillarida koreyslar o‘rtasida olib borilgan sotsiologik tadqiqotlar, O‘zbekistondagi maktab va oliy o‘quv yurtlarida koreys tilining o‘qitilishi va boshqa mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi.
“Yevrosiyodagi koreyslar tarixini tushunishga zamonaviy yondashuvlar”, “Markaziy Osiyoda koreys madaniyati”, “MDHdagi koreyslarning oʻziga xosligi va oʻz-oʻzini anglashi” mavzularida sho’balar ish olib bordi.
So‘zga chiqqanlar O‘zbekistonda koreys maorifi tarixi, koreys madaniyat markazlari va ommaviy axborot vositalari faoliyati, xalqining urf-odat va an’analari haqida so‘zlab berdilar.
Shuningdek, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya Respublikasi ta’lim markazi faoliyati haqida ham so‘z yuritildi. Bu yerda koreys xalqi tarixi va madaniyati bilan shug’ullanishni xohlovchilarga koreys tili o‘rgatiladi.
Bundan tashqari, ushbu markaz O‘zbekiston fuqarolariga Koreyada ta’lim olish bo‘yicha ma’lumotlar berish orqali axboriy yordam ko‘rsatadi. «O‘tgan yili koreyslar O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda istiqomat qilayotganining 85 yilligini nishonlagan edik, — deydi Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori Viktor Nam. – Ushbu sana munosabati bilan xalqaro konferensiya tashkil etish, ushbu masalani o‘rganishga hissa qo‘shish maqsadida anjumanga mutaxassislarni, jumladan, xorijlik mutaxassislarni jalb etishga qaror qildik».
AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Janubiy Koreyadan koreysshunos mutaxassislar taklif etildi. Ular ushbu masala yuzasidan o’z ma'ruzalarini tayyorladilar va muhokamalarda, jumladan, onlayn tarzda so'zga chiqdilar.
Konferensiya yakunida koreyslarning koʻchirilishi qanday sharoitlarda kechgani (siyosiy, ijtimoiy jihatlari), ularning Markaziy Osiyo mintaqasi va Oʻzbekistonga moslashgani qayd etildi. Mamlakatimizda ushbu diasporani jumladan, qo‘shni davlatlar diasporalari, Janubiy Koreya bilan hamkorlikda rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, urf-odatlar, til va madaniyatni asrab-avaylash hamda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash bo‘yicha maqsadlarini amalga oshirish doirasidagi vazifalar belgilab olindi.
Читать дальше
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год
-
Объявление для
студентов
первого курса
-
Результаты
дополнительного
набора студентов
на 2021/2022
учебный год. Объявление для студентов
первого курса на 2021/2022
учебный год