Toshkent shahridagi Puchon universitetining 5 yilligini nishonlash

Tabrik nutqi

Toshkent shahridagi Puchon universitetining hurmatli xodimlari, vazirlik rahbarlari, shuningdek, davlat idoralari rahbarlari, universitetga va umuman O'zbekistonni rivojlantirishga ko’makingiz va ulkan yordamingiz uchun tashakkur bildiraman. Toshkentdagi Puchon universiteti o'zining 5 yilligini nishonlayotganidan chin dildan minnatdorman.

Toshkent shahridagi Puchon universiteti 5 yil avval O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasida innovatsiyalarni joriy etish maqsadida tashkil etilgan. Koreya Respublikasidagi Puchon universitetining mukammal ta'lim tizimiga asoslanib, biz O'zbekiston kelajagi uchun ta'limni rivojlantirish imkoniyatini yaratdik.

Toshkent shahridagi Puchon universiteti o'z ishini Chilonzor tumanida joylashgan "Maktabgacha ta'lim" va "Koreys tili va menejmenti" fakultetlari faoliyat ko'rsatgan bitta kampusdan boshladi. Bugungi kunda Toshkent shahridagi Puchon universitetida 2 ta kampus va 7 ta fakultet mavjud: "Maktabgacha ta'lim", "Koreys tili va menejmenti", "Arxitektura", "Diyetologiya va nutrisiologiya", "Elektron biznes", "Axborot texnologiyalari", "Multimedia va o'yin kontenti". Oxirgi uchta fakultet talabalari IT kampusida tahsil olishmoqda.

O'tmishga nazar tashlasak, Toshkent shahridagi Puchon universitetining sezilarli o'sishi va rivojlanishini ko'rish mumkin. 5 yil davomida tinimsiz mehnat qilgan barcha o'qituvchilar va xodimlarning fidokorona sa'y-harakatlari va g'ayratlari tufayli biz qisqa vaqt ichida bunday natijaga erisha oldik.

Hurmatli professor-o'qituvchilar va xodimlar, biz talabalarning kelajagi uchun munosib o'quv dasturlarini taqdim etamiz, O'zbekistonni rivojlantirish uchun turli yo'nalishlarda fakultetlar ochamiz, shuningdek, o'z navbatida O'zbekiston Respublikasining yosh avlodining kelajagi va muvaffaqiyati rivojiga hissa qo'shadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaymiz.

Universitet-bu talabalar kelajagini tayyorlash joyi va jamiyatga kirish uchun yangi qiyinchiliklar va imkoniyatlarni qabul qilishga yordam beradigan jamoadir. Va kelgusida bizning talabalarimiz doimo o'zgarib turadigan zamonaviy jamiyatga moslasha oladimi, ular kerakli ko'nikmalarni o'zlashtiradimi, yangi qiyinchiliklarga tayyor bo'ladimi yoki yo'qmi, bu bizga bog'liqdir Bugun ishonch bilan ayta olamanki, siz va men talabalarimizga sarmoya kiritish va ularni tayyorlash uchun yetarli imkoniyatlar, energiya va resurslarga egamiz.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, biz ushbu 5 yil ichida juda ko'p yutuqlarga erishdik. Ammo bu faqat boshlanishi! Siz bilan biz yangi muammolarni qabul qilamiz, rivojlanamiz, yangi cho'qqilarni zabt etamiz.

Toshkent shahridagi Puchon universitetining 5 yilligi munosabati bilan kelajagimiz va yangi imkoniyatlarimiz uchun kuch birlashtiraylik. Keling, bugungi kunda bu yerda bo'lgan har bir kishi bilan birgalikda yaxshiroq ta'lim olish va yaxshi kelajak uchun harakat qilaylik.

O'zbekistonga va Toshkent shaxridagi Puchon universitetiga g'amxo'rlik qilayotgan, sevadigan har biringizga yana bir bor minnatdorchilik bildirishga ijozat bergaysiz, yanada samarali hamkorlik qilishga umid qilaman.


O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri

Koreya Respublikasidagi Puchon universiteti prezidenti

Janob Xan Jo’n So’k