Tanishuv suxbatining qisqa ma'lumoti

Joriy yilning 4, 6-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Puchon Universiteti talabalar bilan tanishuv suhbatini o’tkazdi.

1. Akademik qism

Darslar maktabgacha ta’lim(kunduzgi) va Koreys tili fakultetlarida 9:00 dan 18:00 gacha bo’lib o’tadi.

1 para - 9:00 / 2-para – 10:00 / 3-para – 11:00 / 4-para - 12:00 / 5-para – 13:00 / 6-para- 14:00 / 7-para- 15:00 / 8-para- 16:00 / 9-para- 17:00

Kechki bo’lim darslari dushanba va seshanba kunlari soat 18:30 da, shanba kuni soat 9:00 dan boshlanadi.

O’quv mashg’ulotlari 2-qavatda BUT 1, 2, 3, 4, 5 xonalar va 5-qavatda BUT 6, 7 xonalarda bo’lib o’tadi.

Universitet Koreya tizimi bo’yicha ishlaydi. Semester bo’yicha maksimal ball – 4.5. Bir fandan olingan maksimal ball miqdori – 100 ball. Ballar quyidagi tarzda beriladi: A+ (ekvivalent 5+) / A (5) / B+ (4+) / B(4) / C+ (3+) / C (3) / D+ (2+) / F (Fail). O’quvchi D+ ballni ikki martta olgan taqdirda u universitet talabalari safidan chiqaraladi. 100 ballni to’plash uchun: davomat, oraliq va yakuniy nazorat imtihonlari, uyga vazifalar va mustaqil ish kabilar. O’quvchini baholash darsni olib boruvchi professorga ham bog’liq.

Darsni 4 martta qoldirgan taqdirda o’quvchi F ball oladi. Darsga kech kelish ham yomon oqibatlarga olib keladi – ikki martta darsga kech qolish bir martta dars qoldirishga barobardir. Darsga  8 martta kech qolish esa 4 ta dars qoldirishga barobardir va fandan F ball oladi.

Barcha fakultetlarda ikkinchi til sifatida koreys tili fani o’qitiladi.

Universitet o’quvchilari uchun Koreyada amaliyot o’tash imkoniyatini yaratishga harakat qilinmoqda.

2. Talaba hayoti.

Universitet maqsadi- talabalik davrini unutilmas va qiziqarli voqealarga boyitishdir.

Noyabr oyida talabalarning birgalikda vaqt o'tkazishlari uchun umumiy safar uyushtirilishi kutilyapti. Shuningdek, talabalar uchun turli xil tadbirlar o'tkazish kutilyapti.

Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti unuversitetida binosida o'qish mobaynida forma kiyishlari kerak(pastiga qora, tepasiga oq). Shuningdek, talabalar student bileti tayyor bo'lguniga qadar original pasport bilan kelishlari shart.

     

Hurmat bilan, 
Puchon Universitet ma'muriyati.